"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda. Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy yondashuvlar asosida bilim olishi uchun sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy – joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish huquqini beruvchi malaka oshirish kurslariga jamiyatning, Loyiha va smeta hujjatlarini ishlab chiqarish bo’limi muhandislari jalb qilindi. Belgilangan o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy imtihonlarda ijobiy natija ko’rsatgan xodimlar maxsus sertifikatlarga ega bo’ldi.

Mazkur chora-tadbirlar korxonada ish samaradorligi ortishi, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

BIZ_KORRUPSIYAGA_QARSHIMIZ

Korrupsiyaning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik jamiyat taraqqiyoti va adolatli boshqaruvni ta’minlashda muhim omillardan biridir. Shu bois, ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati va Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan xodimlarni ogohlikka chaqirish maqsadida suhbatlar va seminarlar tashkil etilib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning huquqiy javobgarligi, jamiyatga yetkazadigan zarari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Bunday tadbirlar orqali xodimlarda halollik, shaffoflik va mas’uliyat hissini kuchaytirish, har bir xodimning mas’uliyatini oshirish va sog‘lom ish muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.

Mustahkam tarmoq – uzluksiz elektr energiyasining kafolati

Elektr ta’minotining barqarorligi ta’minlash uchun elektr tarmoqlarini mustahkamlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirish borasida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, eskirgan elektr uzatish liniyalari va transformator punktlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

Jumladan, Buxoro shahrining “Dilkusho”, “Gulchorbog’”, “Guliston” va “Sa’diy Sheroziy” MFY hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Kardialogiya” 6 kVli elektr uzatish tarmog’ida qisman yangilash ishlari amalga oshirildi. Buning uchun 40 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlanib, 2000 metr uzunlikdagi tarmoq yangilandi

Natijada 3000ga yaqin iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi

Bunday amaliy ishlar, iste’molchilarga sifatli va barqaror xizmat ko‘rsatish darajasi oshirib, tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda olib borilgan nazorat va reyd tadbirlari davomida ayrim iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan qonunchilikka zid ravishda foydalanish holatlari qayd qilinmoqda. Navbatdagi o’rganish ishlari Peshko’ tumanida olib borildi. Tumanning “Ibn Sino” MFY o’rganilganda Qo’rg’ontepa qishlog’idagi kichik savdo do’koni tarmoqqa hisoblagichdan tashqari, yashirin ravishda ulanib olganligi aniqlandi va buning natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 45 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi qayd etildi.
Ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Elektr energiyasidan oqilona va belgilangan tartibda foydalanishingizni so‘raymiz.

❗️ Noqonuniy foydalanish holatlari javobgarlikka sabab bo‘lishini unutmang.

Charog’on ko’chalar – farovon hayot timsoli

Shaharimizning tungi qiyofasini yanada yorqin va jozibador qilish, aholiga qulay hamda xavfsiz muhit yaratish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ichki imkoniyatdan kelib chiqgan holda amaliy ko’mak ko’rsatilib, ko‘cha yoritish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda korxona xodimlari zamonaviy va energiya tejamkor ko‘cha chiroqlarini o‘rnatib, shahrimiz ko’chalariga yanada yorug’lik va aholi hayotiga yanada farovonlik ulashmoqda.

Mazkur ishlar nafaqat shahar infratuzilmasini rivojlantirishga, balki uning estetik ko‘rinishini yaxshilash va insonlarning quvonchiga xizmat qiladi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

O‘tkazilayotgan tadbirlar jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Romitan tuman “Urganjiyon” MFY hududlari o’rganilganda Chandircha qishlog’idagi xonadonlaridan biri elektr hisoblagichdan tashqari, elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanib kelyotganligi va mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 106,1 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Viloyatimiz bo’ylab kuchaytirilgan qo’shma reyd tadbirlari davom etmoqda.

Qadrli ustozlar, Sizning hayotingiz — biz shogirtlar uchun chuqur ibrat, sabr va donolik maktabidir.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda uzoq yillar samarali mehnat qilib, jamoamiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan, yetuk mutaxassis yosh kadrlarni tarbiyalab, ko‘plab shogirdlar yetishtirib, sohamiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlarimizni nafaqaga kuzatish tadbiri bo’lib o’tdi.

Ushbu tantanali tadbirda ustozlarga chuqur minnatdorlik va ehtirom izhor etildi. Har bir xodimning yillar davomida to‘plagan tajribasi, fidoyiligi va mas’uliyat bilan olib borgan faoliyati chuqur mamnuniyat bilan alohida e’tirof etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan jamiyatimizning bosh direktori Bahodir Hayotov, faxriylarimizning korxonamiz taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, kelgusi hayot yo‘llarida sihat-salomatlik, xotirjamlik va uzoq umr tiladi.

Tuman elektr taʼminoti korxonalari hamda boʻlim va xizmatgohlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan, zamonaviy “Changan” rusumdagi 22 dona elektromobil topshirildi.

Aholining elektr energiyasi taʼminotiga boʻlgan talabini qondirish, joylarda elektr tarmoqlari xizmatini rivojlantirish, zarur infratuzilma tarmogʻini shay qilish, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish, nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish, aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi shahar, tuman elektr taʼminoti korxonalari hamda boʻlim va xizmatgohlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan, zamonaviy “Changan” rusumdagi 22 dona elektromobil topshirildi.

Bosh direktori lavozimiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori lavozimiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy fuqarolar taklif qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilish zarur:

– o‘z nomidan yozilgan ariza;

– rezyume (batafsil ma’lumot);

– kasbiy ma‘lumotni, ish staji va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar, sertifikatlar;

– mehnat daftarchasi nusxasi;

– aloqa uchun ma’lumotlar;

         Tanlov hujjatlarini topshirishning ohirgi muddati – e’lon berilgan sanadan boshlab 20 kalendar kuni oralig‘ida.

Tanlov o‘tkazish muddati – tanlov takliflari va hujjatlari olingandan so‘ng 5 (besh) ish kuni ichida o‘tkaziladi.

Tanlov takliflari va hujjatlar muhrlangan konvertlarda taqdim etilishi shart.

Hujjatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 1/1 uy.

Elektron pochta: info@buxelektr.uz

Jamiyatning rasmiy korporativ veb-sayti: www.buxelektr.uz

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998(65) 225-04-56

2025 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilot tanlash bo‘yicha tender

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil yakunlari boyicha korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilot tanlash boyicha tender.

            «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati, 2025 yil yakunlari bo‘yicha jamiyatning korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish uchun mustaqil baholovchi tashkilotni tanlash uchun tender e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar taklif qilinadi.

     Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xo‘jalik subyektlaridan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

     – ko‘rsatiladigan xizmat xaqqining miqdori ko‘rsatilgan tijorat taklif xati;

     – davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

     – tegishli lisenziyaning nusxasi (mavjud bolganda);

  – qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassisi malakaviy guvohnomasining va (yoki) korporativ boshqaruvchi malakaviy guvohnomasining nusxasi;

   – mustaqil tashkilotning eng yirik mijozlarining ro‘yxati va qimmatli qog‘ozlar bozorida mustaqil tashkilotning tegishli ish tajribasi;

   – baholash o‘tkazishning ish rejasi va ishni bajarish muddati;

   – taqdim etilgan hujjatlarning ro‘yxati.

    – tanlov shartlariga muvofiq taqdim etilishi zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar.

    Tanlovda ishtirokchilariga qoyiladigan talablar:

    – qimmatli qog‘ozlar bozorida 1 (bir) yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lishi;

  – aksiyadorlik jamiyatlarida avvalgi o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash bo‘yicha tashkilot ishiga salbiy baho berilgan holatlarni mavjud emasligi. Tijorat taklifi to‘g‘risida xat 2026 yil 10 apreliga qadar Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 1/1 uy manzili bo‘yicha muhrlangan konvertda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin berilgan takliflar haqiqiy emas deb, hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

    Tashkilot to‘g‘risida ma’lumot:

Tashkilotning nomi: «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati.

Qisqacha nomi: “Buxoro HETK” AJ.

STIR (INN): 201188400

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 1/1 uy

Elektron pochta: info@buxelektr.uz

Jamiyatning rasmiy korporativ veb-sayti:  www.buxelektr.uz

Aloqa telefoni: +998 65 225-04-56